EKOLOGIK GUMANIZMNING ASOSIY G‘OYALARI VA ZAMONAVIY EKOLOGIK TA’LIMDAGI O‘RNI (YANGI O‘ZBEKISTON MISOLIDA)
Keywords:
ekologik gumanizm, ekologik ta’lim, ekologik madaniyat, barqaror rivojlanish, noosfera tafakkuri, Yangi O‘zbekiston, ekosentrik ong.Abstract
Mazkur maqolada ekologik gumanizmning asosiy g‘oyalari tahlil qilinib, ularning zamonaviy ekologik ta’lim tizimidagi metodologik va amaliy ahamiyati ochib berilgan. Ekologik inqiroz sharoitida insonparvarlik va tabiatga ehtiyotkorona munosabatni uyg‘unlashtiruvchi yangi ta’lim paradigmasining zarurati asoslab berilgan. Yangi O‘zbekiston sharoitida amalga oshirilayotgan ekologik ta’lim islohotlari, “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi hamda “Yashil makon” kabi umummilliy loyihalar misolida ekologik gumanizm tamoyillarining milliy ta’lim tizimiga singdirilish jarayoni yoritilgan. Maqolada ekologik gumanizm g‘oyalari o‘quvchilarda ekosentrik ongni, mas’uliyatli ekologik xulq-atvorni va barqaror rivojlanish qadriyatlarini shakllantirishda muhim konseptual asos bo‘lib xizmat qilishi ko‘rsatilgan.
References
1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2022. – 320 b.
2. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, 23.09.2020 y., O‘RQ-637-son.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019–2030-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining «yashil» iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori, 2019 yil 4 oktyabr.
4. Vernadskiy V.I. Biosfera va noosfera. – M.: Ayris-press, 2012. – 576 b. (rus tilida)
5. Moiseyev N.N. Sovremennыy antropogenez i sivilizatsionnыe razlomы. – M.: MNEPU, 1994. – 152 s.
6. Shveytser A. Hayotga ehtirom. – M.: Progress, 1992. – 576 b. (tarjima)
7. Ursul A.D. Noosfernoe obrazovanie – strategiya ustoychivogo razvitiya. – M.: RAGS, 2003. – 336 s.
8. To‘laganov A.A., Jo‘rayev M.M. Ekologik madaniyatni shakllantirishning pedagogik asoslari. – Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2021. – 188 b.
9. YUNESKO. Education for Sustainable Development Goals: learning objectives. – Paris: UNESCO, 2017. – 62 p.