ESHKAK-ESHISH SPORTIDA BOSHLANG‘ICH TAYYORGARLIK: PARAAKADEMIK YONDASHUVLAR VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI
Keywords:
paraakademik eshkak eshish, reabilitatsiya, adaptatsiya, boshlang‘ich tayyorgarlik, maxsus metodika, sport psixologiyasiAbstract
mazkur ilmiy maqolada paraakademik eshkak eshish sportida boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichlarining mazmuni, maqsadi va metodik xususiyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotning maqsadi — jismoniy imkoniyatlari cheklangan sportchilarni suv sporti, xususan, paraakademik eshkak eshishga tayyorlashda ilmiy asoslangan yondashuvni ishlab chiqishdir. Maqolada boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichining fiziologik, texnik, psixologik va adaptiv jihatlari yoritilgan. Tadqiqot davomida pedagogik kuzatuv, so‘rovnoma, tajriba va statistik tahlil metodlari qo‘llanildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, paraakademik eshkak eshish bo‘yicha dastlabki tayyorgarlik jarayoni maxsus moslashtirilgan yuklamalar va psixologik qo‘llab-quvvatlash asosida tashkil etilganda sportchilarning harakat koordinatsiyasi va suv muhitiga moslashuvi sezilarli darajada yaxshilanadi.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi. “Paraakademik eshkak eshish bo‘yicha dastur”, Toshkent, 2023.
2. Bompa, T. & Buzzichelli, C. Periodization: Theory and Methodology of Training. Human Kinetics, 2019.
3. Platonov, V.N. Sovremennaya sistema podgotovki sportsmenov. Kiev, 2016.
4. Karpenko, L.A. “Adaptiv eshkak eshish sportida boshlang‘ich tayyorgarlik tamoyillari.” Sport va sog‘lom turmush jurnali, №3, 2020.
5. Hasanov, A. “Paralimpiya sportida reabilitatsion metodikalar.” Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi, 2022.
6. International Rowing Federation (World Rowing). Pararowing Development Guidelines, 2021.