BIOTEXNOLOGIYA OBYEKTLARINING TASNIFI VA HUQUQIY HIMOYA SHAKLLARI
Keywords:
intellektual mulk, biotexnologiya tasnifi, huquqiy himoya, patent huquqi, biologik materiallar, biosimilar mahsulotlar, CRISPR texnologiyasi, genetik materiallar.Abstract
Biotexnologiya obyektlarining tasnifi zamonaviy huquqshunoslikda murakkab va dolzarb masala hisoblanadi. Maqolada biotexnologiya obyektlarining moddiy tabiati, qo‘llanilish yo‘nalishlari va huquqiy himoya shakllari bo‘yicha tizimli tahlil amalga oshirilgan. Tadqiqotda qiyosiy-huquqiy va strukturaviy-funksional metodlar qo‘llanilgan. Biologik materiallar (genetik materiallar, DNK ketma-ketliklari, hujayraviy liniyalar, mikroorganizmlar), biotexnologik jarayonlar (CRISPR texnologiyasi, biofermentatsiya) va biotexnologik mahsulotlar (rekombinant oqsillar, biosimilarlar) batafsil tahlil qilingan. Ranglar bo‘yicha tasnif tizimidagi qizil (tibbiyot), yashil (qishloq xo‘jaligi), oq (sanoat), ko‘k (dengiz resurslari) va binafsha (huquqiy-etik) biotexnologiya yo‘nalishlarining o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rsatilgan. Patent himoyasi, tijorat sirlari va mualliflik huquqi kabi himoya shakllarining biotexnologiya obyektlariga qo‘llanilishi masalalari umumiy o‘rganilgan. BIMT xalqaro tasnif tizimi va istiqbolli yo‘nalishlar (sintetik biologiya, nanobiotexnologiya, kvant biotexnologiyasi) tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, biotexnologiya obyektlari uchun ko‘p darajali tasnif tizimi zarurligi va texnologik rivojlanish, etik talablar hamda iqtisodiy manfaatlar o‘rtasida muvozanat ta‘minlanishi lozimligi ochib berilgan.
References