O‘ZBEKISTON VA MDH DAVLATLARI QONUNCHILIGIDA MEDIATSIYANI TARTIBGA SOLISHNING QIYOSIY-HUQUQIY TAHLILI: EVOLYUTSIYA, MODELLAR VA ISTIQBOLLAR

Authors

  • Odilov Murodjon Muxtorjon o‘g‘li Author

Keywords:

mediatsiya, mediator maqomi, sud vositachiligi, sud yarashuvi, Singapur konvensiyasi, professional mediator, ijro bosqichi, adliya vazirligi nazorati, postsovet huquqi

Abstract

Mazkur ilmiy maqolada nizolarni muqobil hal etish (ADR) tizimining eng istiqbolli institutlaridan biri hisoblangan mediatsiya jarayonining O‘zbekiston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston Respublikasi va Belarus Respublikasi qonunchiligidagi huquqiy asoslari tizimli va qiyosiy-huquqiy jihatdan tadqiq etilgan. Sobiq sovet huquqiy tizimi (postsovet huquqiy makoni) merosxo‘rlari bo‘lgan ushbu mamlakatlarda mediatsiyani rivojlantirishning o‘ziga xos milliy modellari, institutsional yondashuvlari, mediatorlar huquqiy maqomiga qo‘yiladigan konseptual talablar hamda mediativ kelishuvlarning ijro etilish mexanizmlari qiyoslangan. Shuningdek, O‘zbekiston qonunchiligida noprofessional mediatorlik institutining tugatilishi (2025-yil oktyabr) bilan bog‘liq so‘nggi islohotlar tahlil qilinib, sud-huquq tizimi yuklamasini kamaytirishda xorijiy tajribaning samarali jihatlarini implementatsiya qilish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ilgari surilgan.

References

1. O‘zbekiston Respublikasining “Mediatsiya to‘g‘risida”gi Qonuni. O‘RQ-482-son. 03.07.2018 y. (2025-yil 20-oktyabrdagi o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar bilan).

2. Rossiya Federatsiyasining 27.07.2010 yildagi 193-FZ-sonli “Nizolarni vositachi ishtirokida muqobil hal qilish tartibi (mediatsiya tartibi) to‘g‘risida”gi Federal Qonuni.

3. Qozog‘iston Respublikasining 28.01.2011 yildagi № 401-IV-sonli “Mediatsiya to‘g‘risida”gi Qonuni.

4. Belarus Respublikasining 12.07.2013 yildagi № 58-Z-sonli “Mediatsiya to‘g‘risida”gi Qonuni.

5. Kulkov M., Movsisyan K. Mediations in the Russian Federation: Overview. Kulkov, Movsisyan & Partners, 2021.

6. Карипова А.И. Некоторые аспекты сравнительной характеристики медиации в США и Республике Казахстан // Вестник Академии правоохранительных органов Республики Казахстан. — 2021. — № 1 (19). — С. 51–57.

7. Рожков Ю.В. Практика применения примирительной процедуры в исполнительном производстве // Вестник Высшего хозяйственного суда Республики Беларусь. — 2014. — № 11. — С. 89–93.

8. Матыцин А. Д. Медиативные правоотношения: история и современность // Вестник Воронежского государственного университета. Серия: Право. — 2023. — № 4 (55). — С. 81-86.

9. Asanov S.A. Development of the legal institute of mediation: foreign and regional experience // Agrarian and land law. — 2025. — No. 9. — pp. 270-272.

10. Рамазанов А. Формирование единого пространства продвижения института медиации // Юрист (Казахстан). — 2018. — № 7 (204). — С. 52-55.

Downloads

Published

2026-06-05