O‘ZBEKISTONDA ISLOMIY MOLIYALASHTIRISH XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISHNING BANK MAHSULOTLARI BOZORIGA TA’SIRI

Authors

  • Xo‘jayorov To‘lanboy Author

Keywords:

islomiy moliyalashtirish, islom bankchiligi, bank mahsulotlari, bank tizimi, murabaha, ijara, mikromoliya, moliyaviy inklyuziya, raqamli bank xizmatlari, depozitlar, kredit portfeli, O‘zbekiston

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekistonda islomiy moliyalashtirish xizmatlarini rivojlantirishning bank mahsulotlari bozoriga ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqotda islom bankchiligining iqtisodiy mohiyati, bank mahsulotlarini diversifikatsiya qilishdagi o‘rni hamda O‘zbekiston bank tizimida ushbu xizmatlarni joriy etish uchun mavjud institutsional shart-sharoitlar tahlil qilingan. Rasmiy statistik ma’lumotlar asosida mamlakat bank tizimining asosiy ko‘rsatkichlari, jumladan aktivlar, kredit portfeli, depozitlar, kapital, likvidlik darajasi, muammoli kreditlar ulushi, raqamli bank xizmatlari qamrovi va mikromoliya sektori holati baholangan. Tadqiqot natijalari O‘zbekistonda islomiy moliyalashtirish xizmatlarini joriy etish uchun yetarli iqtisodiy, moliyaviy va normativ baza shakllanayotganini ko‘rsatadi. Ayniqsa, mikromoliya tashkilotlari uchun islomiy moliyalashtirish xizmatlarini ko‘rsatish tartibining joriy etilishi hamda 2026-yilda bank tizimi darajasida islomiy moliyaga oid qonunchilik asoslarining yaratilishi ushbu yo‘nalishning amaliy ahamiyatini kuchaytiradi. Maqolada islomiy moliyalashtirish xizmatlari bank mahsulotlari tarkibini boyitishi, resurs bazasini kengaytirishi, real sektor bilan aloqani kuchaytirishi va moliyaviy inklyuziyani oshirishi asoslab berilgan.

References

1. Данченко Е.А. Распространение исламских банковских продуктов на глобальном финансовом рынке // Финансы и кредит. 2015. № 25. С. 32–40.

2. Токмаков Е.А. Исламский банкинг: понятие, факторы становления и предпосылки развития в России // Научные исследования экономического факультета. Электронный журнал. 2023. Т. 15. Вып. 3(49). С. 83–105.

3. Ярцева Н.М., Сандер А.А. Глобальный и российский опыт исламского банкинга // Российский внешнеэкономический вестник. 2024. № 4. С. 93–103.

4. Мамедов Т.Н., Стельмах В.Д. Современные тенденции и перспективы развития исламского банкинга в России // Вестник Евразийской науки. 2024. Т. 16. № 1.

5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Tijorat banklari jamlanma balansi. Elektron resurs.

6. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Moliyaviy barqarorlik sharhi. Elektron resurs.

7. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. To‘lov tizimi statistikasi. Elektron resurs.

8. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Mikromoliya tashkilotlari aktivlari bo‘yicha statistik ma’lumotlar. Elektron resurs.

9. Lex.uz. Mikromoliyaviy tashkilotlar tomonidan islomiy moliyalashtirish xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom. Elektron resurs.

10. O‘RQ-1126-son Qonun. Bank faoliyatiga oid ayrim qonun hujjatlariga islomiy moliya bilan bog‘liq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida.

Downloads

Published

2026-04-16