ONA TILI DARSLARIDA QADRIYAT TUSHUNCHALARINI SHAKLLANTIRISHNING DIDAKTIK ASOSLARI
Keywords:
ona tili darsi, qadriyatlar ta’limi, didaktik asoslar, ma’naviy-axloqiy tarbiya, interaktiv metodlar, loyihaviy yondashuv, adabiy tahlil, aksiologiya, baholash kategoriyasi, individual qadriyatlarAbstract
Mazkur maqolada ona tili darslari jarayonida o‘quvchilarda qadriyatga oid tushunchalarni shakllantirishning didaktik asoslari tahlil qilinadi. Unda qadriyatlar ta’limining shaxs kamoloti va jamiyat barqarorligidagi o‘rni, shuningdek, til ta’limi orqali ma’naviy-axloqiy tarbiya berishning metodik imkoniyatlari yoritiladi. Tadqiqotda psixologik yondashuvlar (Piagetning kognitiv rivojlanish g‘oyalari, Vygotskiyning proksimal rivojlanish zonasi), pedagogik tamoyillar (faollik, ko‘rgazmalilik, tizimlilik, izchillik) hamda tilshunoslik nuqtayi nazaridan qadriyatlarning lisoniy ifodalanish mexanizmlari umumlashtiriladi. Shuningdek, interaktiv, loyihaviy va adabiy-tahliliy usullar, darsliklar, audio-vizual materiallar hamda IT vositalari orqali qadriyatlar mazmunini singdirishning samarali yo‘llari ko‘rsatib beriladi. Maqolada aksiologik nazariyalar doirasida qadriyat-baholash munosabatlari, individual qadriyatlar masalasi va qadriyatlarning ijtimoiy me’yor sifatidagi xususiyatlari ham asoslanadi. Natijada ona tili ta’limida qadriyatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan darsni rejalashtirish va baholash bo‘yicha amaliy tavsiyalar taklif etiladi.
References
1. Aikhenvald A. Y. The Value of Language and the Language of Value. A View from Amazonia, Journal of Ethnographic Theory 3 (2), 2013, pp. 53–77.
2. Evsyukova T. V. et al. Axiological World Picture of the Virtual Language Personality in Blog-Discourse Space, European Research Studies Journal, Volume 20, Issue 3B, 2017, pp. 342-354.
3. Graeber D. Toward an Anthropological Theory of Value. The False Coin of Our Own Dreams, New York: Palgrave Macmillan, 2001, 317 p.
4. Hart S. L. Axiology – Theory of Values, International Phenomenological Society. Philosophy and Phenomenological Research, Vol. 32, No. 1, 1971 (updated 2020), pp. 29-41.
5. Idang G. E. African Culture and Values, University of South Africa, Phronimon, Volume 16, No. 2, 2015, pp. 97-111.
6. Ilieva D. Axiological Aspects in Language, Proceedings of University of Ruse, 2017, Volume 56, Book 5.2, pp. 24-28.
7. Permilovskiy M. The Axiological Approach to the Regulation of the Right to a Favourable Environment, Arctic Review on Law and Politics, Vol. 3, 2/2012, pp. 162-185.
8. Reinhard P. Concepts of Value: A Multi-Disciplinary Clarification. – New Zealand: Centre for Resource Management, 1990, 76 p.
9. Rodziewicz B. Values, Their Hierarchy and Understanding among Polish, Russian, and German Students, Ethnolinguistic 28, 2017, pp. 141-152.
10. Schwartz S. H. A Theory of Cultural Values and Some Implications for Work, Applied Psychology: An International Review, 1999, 48 (1), pp. 23–47.
11. Smoli E. A. and et al. About Values as a Factor in Language and Culture, Laplage em Revista (International), Vol.7, N. Extra D, 2021, pp. 575-581.
12. Yachin S. E. Critique of Axiological Reason: Why the Idea of Values Has Achieved the Totality in Modern Culture, International Journal of Philosophy, 2019, 7(1), pp. 31-40.