AVTOTRANSPORT LOGISTIKASIDA KO‘P TARAFLAMA SHARTNOMAVIY MUNOSABATLARNING TARTIBGA SOLINISHI
Keywords:
ko‘p taraflama shartnomalar, avtotransport logistikasi, ekspeditor, solidar javobgarlik, subsidiar javobgarlik, shartnomaviy zanjir, CMR konventsiyasi, yuk tashish, transport-ekspeditsiya xizmatlari, fuqarolik-huquqiy munosabatlar.Abstract
Ushbu tezisda avtotransport logistikasi sohasida qo‘llaniladigan ko‘p taraflama shartnomalarning fuqarolik-huquqiy jihatlari o‘rganilgan. Tadqiqot doirasida ekspeditor, tashuvchi, ombor egasi va buyurtmachi o‘rtasidagi shartnomaviy munosabatlar tahlil qilingan. Shartnomaviy zanjirda solidar va subsidiar javobgarlik masalalari, zanjir uzilishining oqibatlari hamda ishtirokchilarning huquqiy maqomi batafsil ko‘rib chiqilgan. Xalqaro amaliyot, xususan CMR konventsiyasi, AQSh va Buyuk Britaniya tajribalari qiyosiy tahlil qilingan. O‘zbekiston qonunchiligi tahlil qilinib, ushbu yo‘nalishda qonunchilikni yanada takomillashtirish, xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, standart shartnomalardan foydalanish hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan.Tahlil natijalari logistika sohasidagi huquqiy bazani mustahkamlash va biznes muhitini yaxshilash uchun amaliy ahamiyatga ega.
References
1. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism). 29.08.1996.
https://lex.uz/uz/docs/-180552.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. (2000). Oʻzbekiston Respublikasida transport-ekspeditorlik faoliyatini tartibga solishni takomillashtirish toʻgʻrisida (348-son qaror, 2000-yil 9-sentabr). https://lex.uz/docs/-362374.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti. (2025). Oʻzbekiston Respublikasining transport-logistika tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ- 28-son qaror, 2025-yil 27-yanvar). https://lex.uz/uz/docs/-7342148.
4. 49 U.S. Code Section 14706 - Liability of carriers under receipts and bills of lading. https://www.law.cornell.edu/uscode/text/49/14706.
5. Freight forwarding: managing risk - GOV.UK. https://www.gov.uk/guidance/freight-forwarding-managing-risk.