BOLALAR IJTIMOIYLASHUVIDA OILAVIY QADRIYATLARNING AHAMIYATI: PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK YONDASHUV
Abstract
Oila jamiyatning eng kichik ijtimoiy bo‘g‘ini sifatida bolalarning psixologik rivojlanishi va ijtimoiylashuvida g‘oyat muhim o‘rin egallaydi. Oilaviy qadriyatlar — avloddan-avlodga o‘tib keladigan axloqiy mezonlar, urf-odatlar, e’tiqodlar va hayotiy tamoyillar majmui bo‘lib, ular bola dunyoqarashining shakllanishi, xulq-atvori va shaxsiy sifatlarining rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Psixologik va pedagogik tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, bolaning jamiyatga moslashuvi eng avvalo oilada shakllanadi; bola asosiy ijtimoiy kompetensiyalarni aynan ilk bolalik davrida egallaydi. Shu bois oiladagi sharoit, munosabat va emotsional muhit keyingi bosqichlardagi rivojlanish uchun tayanch poydevor sanaladi.
References
1. Shoumarov, G. B., Haydarov, I. O., Sog‘inov, N. A. va boshq. Oila psixologiyasi: Akad. litsey va kasb-hunar kollejlarining o‘quvchilari uchun o‘quv qo‘llanma. G‘. B. Shoumarovning tahriri ostida. – Toshkent: Sharq, 2010. – 296 b.
2. Ruxshona, N. Ota-ona va farzandlar munosabatida azaliy tarbiya unsurlaridan foydalanish // Nauchnyy Impuls. – 2025. – T. 4, № 37. – B. 1–5.
3. Smolonskaya, A. N., Kolesov, V. I., Shevchenko, N. N., Vilkova, A. V., Kuznetsova, I. A. Strategiya formirovaniya semeynykh tsennostey v tret’yem tysyacheletii v usloviyakh nepreryvnogo obrazovaniya // Vestnik Cherepovetskogo gosudarstvennogo universiteta. – 2021. – № 2 (101). – S. 202–215.
4. Utyomov, V. V., Kozlova, A. D. Problema formirovaniya semeynykh tsennostey u detey starshego doshkol’nogo vozrasta // Nauchno-metodicheskiy elektronnyy zhurnal “Kontsept”. – 2015. – T. 32. – S. 71–75. URL: http://e-koncept.ru/2015/95551.htm
5. Utepbergenov, M. A., Roziqova, M. O. Q. Oilada yuzaga keladigan nizolarning bola ijtimoiylashuvi va tarbiyasiga ta’siri hamda nizolarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari // Fan va ta’lim. – 2025. – T. 6, № 2. – B. 320–325.