ONALIKNING G‘ARB VA MARKAZIY OSIYO ADABIYOTIDA TASVIRLANISHI: TONI MORRISON VA CHINGIZ AYTMATOV IJODIDA QIYOSIY TAHLIL
Keywords:
Toni Morrison, Chingiz Aytmatov, onalik, travma, madaniy xotira, qiyosiy adabiyot, feministik adabiyotshunoslikAbstract
mazkur maqolada ona obrazining badiiy adabiyotdagi ifodalanishi Toni Morrison va Chingiz Aytmatov ijodlari misolida qiyosiy tahlil qilinadi. Toni Morrison asarlarida onalik, asosan, qullik va irqiy zulm tarixiy kontekstida tasvirlanib, sevgi va fojia bir-biriga chirmashib ketgan murakkab holatlarda namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, Beloved romanida onaning sevgisi tarixiy travma bilan uzviy bog‘langan holda yoritiladi. Morrison onani bir vaqtning o‘zida ham shaxsiy, ham ijtimoiy xotira markaziga qo‘yadi. Chingiz Aytmatovning Ona Yer va Jamila asarlarida esa ona timsoli sabr-toqat, barqarorlik va milliy xotira timsoli sifatida gavdalanadi. Ularning ijodida onalikning turlicha qirralari ochib berilgan bo‘lsa-da, umumiy nuqta sifatida ona obrazining madaniy va tarixiy xotirani saqlashdagi beqiyos o‘rni ko‘zga tashlanadi.
References
1. Morrison, T. Beloved. New York: Knopf, 1987.
2. Morrison, T. Song of Solomon. New York: Knopf, 1977.
3. Aitmatov, Ch. Mother Earth. Moscow: Progress Publishers, 1963.
4. Aitmatov, Ch. Jamila. Moscow: Foreign Languages Publishing House, 1958.
5. Rich, A. Of Woman Born: Motherhood as Experience and Institution. New York: Norton, 1976.
6. Ruddick, S. Maternal Thinking: Toward a Politics of Peace. Boston: Beacon Press, 1989.
7. Caruth, C. Unclaimed Experience: Trauma, Narrative, and History. Baltimore: Johns Hopkins University Press, 1996.
8. Yakovleva, N. “Maternal Archetypes in Aitmatov’s Fiction.” Central Asian Review, 2012.
9. O’Reilly, A. Toni Morrison and Motherhood: A Politics of the Heart. Albany: SUNY Press, 2004.