TASHABBUSLI LOYIHALARNI BUDJETDAN MOLIYALASHTIRISH
Keywords:
tashabbusli byudjet, jamoatchilik fikri, budjet shaffofligi, “Mening yo‘lim”,, “Mening bog‘im”,, g‘olib loyihalar, moliyalashtirish, fuqarolar ishtiroki, budjet resurslari, hududlar kesimiAbstract
Maqolada O‘zbekistonda tashabbusli loyihalarni budjetdan moliyalashtirish tizimining 2020–2024 yillardagi rivojlanish tendensiyalari tahlil qilingan. Tashabbusli byudjet, “Mening yo‘lim” va “Mening bog‘im” mexanizmlari orqali fuqarolar ishtiroki keskin kengaygani, g‘olib loyihalar soni va ularga ajratilgan mablag‘lar hajmi yildan-yilga oshgani ko‘rsatib o‘tiladi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yilning birinchi mavsumida 1 666 loyiha uchun 1,5 trln so‘m, g‘olib bo‘lmagan 1 309 tashabbus uchun esa qo‘shimcha 1,3 trln so‘m moliyalashtirilgan. “Mening yo‘lim” doirasida 517 loyiha 412 mlrd so‘m bilan ta’minlangan bo‘lsa, 2024-yil “Mening bog‘im” loyihasida 215 g‘olib tashabbus uchun 52 mlrd so‘m yo‘naltirilgan. Shuningdek, hududlar kesimida ajratilgan mablag‘lar miqdori, ovoz berganlar soni va qanoatlanish darajasi tahlil qilingan. Xalqaro tajriba bilan qiyosiy tahlil shuni ko‘rsatadiki, ishtirokchi byudjetlashtirish mexanizmlarida infratuzilma sifati, qamrov va xavfsizlik kabi atributlar fuqarolarning qo‘llab-quvvatlash darajasiga bevosita ta’sir qiladi. O‘zbekistonda mazkur mexanizmlarni rivojlantirishda ijro intizomi, natijaviylik indikatorlarini joriy etish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish asosiy vazifa sifatida ta’kidlangan.
References
1. Calvo-Poyo, F., Medialdea, A., Ferri-García, R. (2020). Citizens’ opinion about investment in public transport projects in cities. International Journal of Sustainable Transportation.
2. Qobulov, X. A., Murtozayeva, Z. K. (2023). O‘zbekistonda jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan loyihalarni moliyalashtirish. Science and Education.
3. Shodmonqulov, T. U. (2025). Budjet shaffofligi va fuqarolar ishtiroki yo‘nalishlari. “Yashil” iqtisodiyot va taraqqiyot.
4. Zakharchuk, E. A., Nekrasov, A. A., Pasynkov, A. F. (2019). Participatory budgeting: International and Russian experience. Finance: Theory and Practice.
5. Valentin, V., Naderpajouh, N., Abraham, D. (2018). Impact of Characteristics of Infrastructure Projects on Public Opinion. Journal of Management in Engineering.