BÓYOQDOR RÓYAN ÓSIMLIGINING DORIVOR XUSUSIYATLARI
Abstract
Bóyoqdor róyan yoǵochlashgan gorizontal ildizpoyaga va uzunligi 1,5 metrgacha yetadigan, shoxlangan ilashib ósuvchi novdalarga ega kóp yillik ótsimon ósimlikdir. Poyalarining qirralari orqaga qayrilgan tikanli ilmoqchalar bilan qoplangan. Vatani – Órta Yer dengizi bóylari. Ildizlari va ildizpoyalari tarkibida glikozidlar – antraxinon hosilalari, shuningdek shakar, pektin va oshlovchi moddalar, organik kislotalar mavjud. Glikozidlarning parchalanishidan bóyoq moddalari (alizarin, rubidin va boshqalar) hosil bóladi. Ular ishlov berishga qarab qizil rangning turli tuslarini beradi va bu ranglar asrlar davomida saqlanib qoladi [1].
References
1. Большая Россиская энцеклапедия Г.Ю.Конечная 2004-2017.
2. ФАРМАКОГНОЗИЯ Д.А.Муравьева, И.А.Самылина, Г.П.Яковлев.
3. Марена красильная: лекарственные и красящие свойства корней. Маланкина Е.Л.