O‘SMIRLARDA ENUREZNING PSIXOEMOTSIONAL HOLAT VA NEYROFIZIOLOGIK KO‘RSATKICHLAR BILAN BOG‘LIQLIGI
Keywords:
enurez, o‘smirlar, psixoemotsional holat, neyrofiziologik ko‘rsatkichlar, elektroensefalografiya, tashvish.Abstract
Enurez — bolalik va o‘smirlik davrida keng tarqalgan urologik-nevrologik muammolardan biri bo‘lib, u nafaqat siydik chiqarish tizimining funksional buzilishi, balki bemorning psixoemotsional holatiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. So‘nggi yillarda o‘tkazilgan tadqiqotlar enurezi bo‘lgan o‘smirlarda tashvish, o‘ziga past baho berish, ijtimoiy izolyatsiyalanish va depressiv kayfiyat kabi psixoemotsional o‘zgarishlarning tez-tez kuzatilishini ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, kasallikning patogenezida markaziy nerv tizimining neyrofiziologik tartibga solish mexanizmlari, xususan uyqu-uyg‘onish siklini boshqaruvchi va siydik pufagi refleks yoyini nazorat qiluvchi tuzilmalarning yetuklik darajasi muhim ahamiyatga ega. Shunga qaramay, enurezning klinik shakllari bilan bemorning psixoemotsional holati va neyrofiziologik ko‘rsatkichlari (xususan, elektroensefalografiya ma’lumotlari) o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik yetarlicha o‘rganilmagan, bu esa mazkur tadqiqotning dolzarbligini belgilaydi.