OILA VA YOSH DAVRLARINING ALTRUISTIK XULQ-ATVOR SHAKLLANISHIGA TA’SIRI

Authors

  • Alijonova Shaxzoda Husanboy qizi Author

Keywords:

altruizm, prosotsial xulq-atvor, oila, oilaviy tarbiya, yosh davrlari, ontogenez, bog‘lanish, empatiya, axloqiy rivojlanish, identifikatsiya

Abstract

Maqolada altruistik xulq-atvorning ontogenezda shakllanishi oila muhiti va yosh davrlari nuqtayi nazaridan tahlil qilingan. Muallif bog‘lanish nazariyasi, ijtimoiy o‘rganish nazariyasi hamda axloqiy rivojlanish konsepsiyalarini qiyoslab, oilaviy omillarning prosotsial rivojlanishga ta’sir mexanizmlarini ochib beradi. Erta bolalikdan o‘spirinlik davrigacha bo‘lgan har bir bosqichda altruizmning yetakchi motivi va namoyon bo‘lish shakli o‘zgarishi asoslanadi. Tarbiya uslublari, ota-onalarning shaxsiy namunasi va birodarlar munosabatlarining o‘rni ko‘rsatiladi. Yakunda oilaviy tarbiya va ta’lim amaliyoti uchun tavsiyalar berilgan.

Downloads

Published

2026-09-13