INGLIZ TILIDA OZIQ-OVQAT KOMPONENTLI FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI

Authors

  • Adimova Nilufar Kamiljanovna Author

Keywords:

oziq-ovqat leksikasi, frazeologik birliklar, lingvomadaniyat, oʻzbek tili, ingliz tili, qiyosiy-chogʻishtirma tahlil, milliy qadriyatlar, paremiologiya.

Abstract

Ushbu tezisda ingliz tilidagi oziq-ovqat komponentli frazeologik birliklarning lingvomadaniy xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi har ikki xalqning turmush tarzi, dunyoqarashi va milliy qadriyatlarining iboralarda aks etishini ochib berishdan iborat. Ishda qiyosiy-chogʻishtirma va lingvomadaniy tahlil metodlaridan foydalanilib, tillardagi oziq-ovqat leksikasiga oid frazeologizmlar guruhlanib oʻrganildi. Natijalar shuni koʻrsatadiki, ingliz tilidagi "bread", "butter", "cake", "apple" kabi komponentlar pragmatizm, kundalik daromad manbai hamda yengillik va farovonlikni ifodalashga yoʻnaltirilgan. Xulosa qilib aytganda, oziq-ovqat komponentli iboralar milliy madaniyatni aks ettiruvchi muhim vosita boʻlib, ularni chogʻishtirib oʻrganish tillararo muloqot hamda tarjima jarayonida madaniy tafovutlarni toʻgʻri tushunish va bartaraf etishga xizmat qiladi.

References

1. Rahmatullayev, SH. (1992). Oʻzbek tilining izohli frazeologik lugʻati. Toshkent: Oʻqituvchi.

2. Fernando, C. (1996). Idioms and Idiomaticity. Oxford: Oxford University Press.

3. Kövecses, Z. (2010). Metaphor: A Practical Introduction (2nd ed.). Oxford: Oxford University Press.

Downloads

Published

2026-10-14