DEVONI HIKMAT”DA DINIY LEKSIKA O‘RNI VA ULARNING KELIB CHIQISH ETIMALOGIYASI
Abstract
Zamonaviy tilshunoslikda yangi yo‘nalishlar, sohalar paydo bo‘layotgan bir paytda, hali to‘liq o‘rganilmagan alohida bir leksik qatlam mavjud bo‘lib, uning kelib chiqishi insoniyat yaratilishi kabi murakkab masaladir. B.Koshkovning fikriga ko‘ra: “Inson yaratilgan, keyin uning tafakkuri rivojlangan va dastlabki rivojlanish bosqichlarida u qarorlar, qonunlar va davlat boshqaruvini yaratmasdan oldin, dunyodagi har bir jamiyat din orqali tartibga solingan. Odamlar din asosida yashab, ilm-fan, axloq va tarbiyani dindan olgan”. Shu bois, dinni xalq ruhining birinchi “san’atkori” deb atash mumkin. Vaqt o‘tgani sari din, diniy leksika va uning ahamiyati ortib, u bilan bog‘liq asarlar yozildi yoki olimlar o‘z asarlarida diniy tushuncha anglatuvchi so‘zlarni qo‘llay boshladi. Shunday shoirlardan biri Ahmad Yassaviydir. Ahmad Yassaviy turkiy xalqlar ma’naviy, diniy hayotida muhim o‘rin tutgan buyuk mutasavvif shoirdir. Uning hayotiga doir ma’lumotlar yetarli bo‘lmasada, manbalar bergan ma’lumotlar orqali Ahmad Yassaviy shaxsiyati, dunyoqarashi, qilgan ishlari haqida biroz bo‘lsada tasavvur hosil qilamiz.
References
1. Ermatov I. “Terminalogiyada leksik-semantik hodisalar” [Matn]: monografiya/ – Toshkent: “BOOK TRADE 2022” – 2023. (105-bet).
2. © Nodirxon Hasan “Devoni hikmat (yangi topilgan hikmatlar). Ahmad Yassaviy”. - Toshkent: "Movarounnahr" nashryoti 2004. (83-bet).
3. Умархўжа М.Э. Диний атамалар ва иборалар. Оммабоп қисқача изоҳли луғат. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги нашриѐт-матбаа ижодий уйи, 2016.(127-bet).
4. Хаққулов И “Аҳмад Яссавий Ҳикматлар”-Т.- Адабиёт ва саньат нашрёти 1990.
5. Özergin Kemal , Dini-Tasavvufi Edebiyatımızdan "Divan-ı Hikmet", Nesil. S . .45-46 (İstanbul Haziran Temmuz 1980), s. 8-12.