MASOFADAN ZONDLASH MA’LUMOTLARI ASOSIDA SUV FONDI YERLARI DINAMIKASINI BAHOLASH

Authors

  • Abdullayeva Munisaoy Sobir qizi Author

Keywords:

masofadan zondlash, suv fondi yerlari, suv resurslari, Sentinel-2, NDWI, geografik axborot tizimlari, GAT, ArcGIS, suv obyektlari, suv yuzasi maydoni, dinamik monitoring, spektral indeks, Sechankul, Achinkul.

Abstract

Ushbu tadqiqotda masofadan zondlash ma’lumotlari va geografik axborot tizimlari (GAT) texnologiyalari asosida suv fondi yerlarining dinamik holatini baholash o‘rganilgan. Tadqiqot hududiga Qashqadaryo viloyatidagi suv obyektlari, xususan, Sechankul va Achinkul ko‘llari kiradi. Suv obyektlaridagi fazoviy va mavsumiy o‘zgarishlarni Normallashtirilgan farqli suv indeksi (NDWI) asosida baholashda Sentinel-2 sun’iy yo‘ldosh tasvirlaridan foydalanildi. NDWI qiymatlarini hisoblash va fazoviy tahlil ArcGIS dasturining ArcMap platformasida Raster Calculator va Classify vositalari yordamida amalga oshirildi. Natijalar masofadan zondlash ma’lumotlari va NDWI indeksidan foydalanish suv fondi yerlari holatini monitoring qilish, suv obyektlari maydonidagi o‘zgarishlarni aniqlash va ularning fazoviy dinamikasini baholashda samarali ekanini ko‘rsatdi. Tadqiqot xulosalari suv resurslarini monitoring qilish va muhofaza qilish hamda hududiy boshqaruv jarayonlarini takomillashtirish uchun amaliy ahamiyatga ega.

Downloads

Published

2026-10-28