YUQORI INSTANSIYA SUDLARIDA HUKMNI O‘ZGARTIRISH VA BEKOR QILISH ASOSLARI: PROTSESSUAL NUQSON OQIBATINI MUTANOSIB BAHOLASH
Keywords:
hukm barqarorligi, apellyatsiya, kassatsiya, taftish, hukmni bekor qilish, hukmni o‘zgartirish, protsessual nuqson.Abstract
Maqolada O‘zbekiston Respublikasi apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyalari sudlarining hukmni o‘zgartirish va bekor qilish vakolatlari hukm barqarorligi bilan sud xatosini tuzatish o‘rtasidagi muvozanatni ta‘minlovchi mexanizm sifatida tadqiq etilgan. Jinoyat-protsessual kodeksining 485–490-moddalarida belgilangan asoslar, tekshiruv doirasi bilan qaror chiqarish doirasining farqi, shaxs ahvolini og‘irlashtirish taqiqi va nomaqbul dalil chiqarilishining protsessual oqibatlari tahlil qilingan. 2024–2025-yillarda e‘lon qilingan 400 ta yuqori instansiya sud hujjatidan iborat korpusning tavsifiy natijalari keltirilib, protsessual nuqson oqibatini mutanosib baholash mezonini belgilovchi 485¹-modda bilan Kodeksni to‘ldirish taklifi asoslantirilgan.
References
1. European Court of Human Rights. Brumărescu v. Romania [GC], no. 28342/95, 28.10.1999, § 61. https://hudoc.echr.coe.int/eng?i=001-58337
2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 2023-yil 30-aprel referendumida qabul qilingan. 28, 55, 138-moddalar. https://lex.uz/docs/-6445145
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 25-martdagi 7-son “Jinoyat ishlarini apellyatsiya, kassatsiya tartibida ko‘rish amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori. https://lex.uz/docs/-6884042
4. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi. 2026-yil 27-iyul holatidagi tahrir. https://lex.uz/docs/-111460
5. Inog‘omjonova, Z.F. Hukm, ajrim va qarorlarning qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirishda sud nazorati: monografiya. Toshkent: TDYU, 2006. B. 22.
6. Бородинов В. Уголовно-процессуальные правонарушения как основания для отмены или изменения приговора. Российская юстиция. 2003;(4):31.
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 24-avgustdagi 24-son “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori. https://lex.uz/docs/-3895986
8. International Covenant on Civil and Political Rights. Article 14(5). Adopted 16.12.1966. 999 U.N.T.S. 171. https://www.ohchr.org/en/instruments-mechanisms/instruments/international-covenant-civil-and-political-rights
9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi. E-XSUD sud hujjatlarini internet tarmog‘ida e‘lon qilish rasmiy bazasi. https://publication.sud.uz/