TRANCHEGARAVIY TIJORAT MUNOSABATLARIDA NISBAT BERISH QOIDASINING KOLLIZION MASALALARI
Keywords:
nisbat berish qoidasi, avtomatlashtirilgan tizim, kollizion bog‘lanish, qo‘llaniladigan huquq, lokalizatsiya, xarakterli ijro, transchegaraviy tijorat, sun’iy intellekt, UNCITRAL Namunaviy qonuni.Abstract
Tezis transchegaraviy tijorat munosabatlarida avtomatlashtirilgan tizim harakatini nisbat berish qoidasining kollizion jihatlariga bag‘ishlangan. Muallif ushbu qoida moddiy-huquqiy norma bo‘lsa-da, kollizion funksiyani bajarishini asoslaydi: u tizimning texnik jihatdan tarqoq harakatini yagona shaxsga jamlash orqali Fuqarolik kodeksining 1190-moddasi talab qiladigan lokalizatsiya nuqtasini tiklaydi. Shu asosda sun’iy intellektga xos yangi kollizion bog‘lanishlar yaratish zarurati ilmiy adabiyotda mubolag‘alashtirilgani ko‘rsatiladi. Modelni o‘qitish joyi, server va ma’lumotlar to‘plamining joylashuvi mustaqil bog‘lanish mezoni sifatida tanqidiy baholanadi, sertifikatlash yurisdiksiyasi va nishonga yo‘naltirilgan bozor esa qo‘shimcha omil sifatida ko‘rib chiqiladi. Muallif Fuqarolik kodeksining 1181 va 1190-moddalarini to‘ldirish hamda namunaviy shartnomalarda nisbat berish tartibini muhim shart sifatida belgilash bo‘yicha takliflar ilgari suradi.
References
1. UNCITRAL Model Law on Automated Contracting. United Nations Commission on International Trade Law. Vienna, 2024. Art. 1, 2, 7.
2. UNCITRAL Model Law on Electronic Commerce with Guide to Enactment. United Nations, New York, 1999 (adopted 1996). Art. 13.
3. United Nations Convention on the Use of Electronic Communications in International Contracts. New York, 23 November 2005. Art. 12.
4. Regulation (EC) No 593/2008 of the European Parliament and of the Council of 17 June 2008 on the law applicable to contractual obligations (Rome I) // Official Journal of the European Union. L 177. 04.07.2008. Art. 3, 4, 6.
5. Regulation (EU) 2024/1689 of the European Parliament and of the Council of 13 June 2024 laying down harmonised rules on artificial intelligence // Official Journal of the European Union. L, 12.07.2024. Art. 3.
6. Uniform Electronic Transactions Act. National Conference of Commissioners on Uniform State Laws. United States, 1999. Section 14.
7. Quoine Pte Ltd v B2C2 Ltd [2020] SGCA(I) 02. Singapore Court of Appeal, 24 February 2020.
8. Calo R. Robotics and the Lessons of Cyberlaw // California Law Review. 2015. Vol. 103. No. 3. P. 513-563.
9. Scherer M.U. Regulating Artificial Intelligence Systems: Risks, Challenges, Competencies, and Strategies // Harvard Journal of Law and Technology. 2016. Vol. 29. No. 2. P. 353-400.
10. Peng S., Lin C.-F., Streinz T. (eds.). Artificial Intelligence and International Economic Law: Disruption, Regulation, and Reconfiguration. Cambridge: Cambridge University Press, 2021. 348 p.