SUD-HUQUQ SOHASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLARNING INSON MANFAATLARIGA TA’SIRI
Keywords:
sud-huquq tizimi, sud hokimiyati, odil sudlov, sudya mustaqilligi, inson huquqlari, Sudyalar oliy kengashi, ma’muriy sudlar, iqtisodiy sudlar, sud-tergov faoliyati, huquqiy islohotlar.Abstract
Maqolada O‘zbekiston Respublikasida sud-huquq tizimini demokratlashtirish, sud hokimiyatining mustaqilligini ta’minlash va odil sudlov samaradorligini oshirishga qaratilgan islohotlarning inson manfaatlariga ta’siri tahlil qilinadi. Sudyalar oliy kengashining tashkil etilishi, Oliy sud tizimining takomillashtirilishi, iqtisodiy va ma’muriy sudlarning rivojlantirilishi, dastlabki eshituv institutining joriy etilishi, sudyalikka nomzodlarni tanlov asosida saralash, sud-tergov faoliyatida inson huquqlari kafolatlarini kuchaytirish hamda “Bir sud – bir instansiya” tamoyilining tatbiqi yoritiladi. Shuningdek, sud faoliyatining ochiqligi, sudyalar mustaqilligining huquqiy kafolatlari va fuqarolarning odil sudlovga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqilib, sud-huquq islohotlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi.
References
1. Mirziyoyev Sh.M. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi. – T., 2018. – 42-b.
2. Mirziyoyev Sh.M. Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir. – T., 2018. – 80 b.
3. O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi. 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son.
4. O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami. – 2017-y., 14-son, 214-modda.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi “Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni.
6. BMT Bosh Assambleyasining Sud organlari mustaqilligining asosiy prinsiplari to‘g‘risidagi 1985-yil 13-dekabrdagi 40/146-son rezolyutsiyasi; Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, 10-modda.