O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 35 YILLIGI: QONUNLAR IJROSI USTIDAN PROKUROR TEKSHIRUVI INSTITUTINING RIVOJI VA ISTIQBOLLARI

Authors

  • Jumayev Shohjahon Begimqul o‘g‘li Author

Keywords:

mustaqillik, qonun ustuvorligi, prokuratura, prokuror nazorati, qonunlar ijrosi ustidan prokuror tekshiruvlari, qonuniylik, inson huquqlari, huquqiy islohotlar, prokuror faoliyati.

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish hamda davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida qonuniylikni qaror toptirish borasida amalga oshirilgan islohotlar tahlil qilinadi. Xususan, mustaqillik yillarida qonunlar ijrosi ustidan prokuror tekshiruvlari institutining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari, uning huquqiy va tashkiliy asoslari, bugungi kundagi ahamiyati hamda istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari yoritiladi. Shuningdek, mazkur institutni takomillashtirish, prokuror tekshiruvlarini amalga oshirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, qonuniylik va inson huquqlarining ustuvorligini ta’minlash masalalari ilmiy-amaliy jihatdan tahlil etiladi. Maqolada qonunlar ijrosi ustidan prokuror tekshiruvlarini yanada takomillashtirishning istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan tegishli ilmiy xulosalar va takliflar ilgari suriladi.

Downloads

Published

2026-08-27