SUD HUJJATLARINI MAJBURIY IJROSINI TA’MINLASHDA SUDYANING VAKOLATLARI
Keywords:
sud hujjatlari, majburiy ijro, sudyaning vakolatlari, ijro protsessi, ijro varaqasi, fuqarolik protsessual huquqi, iqtisodiy protsessual huquq, ijro tartib-taomiliAbstract
Ushbu ilmiy tezis sud hujjatlarining majburiy ijrosini taʼminlashda sudyaning vakolatlari masalasini kompleks tarzda tahlil etadi. Tezisda sudyaning ijro jarayonidagi huquqiy maqomi, ijro hujjatlarini berish va ularning ijrosi ustidan nazorat qilish vakolatlari, shuningdek, majburiy ijroni taʼminlashda qo‘llaniladigan protsessual mexanizmlar atroflicha o‘rganilgan. Bundan tashqari, sudyaning ijro hujjatlari ijrosini to‘xtatib turish, muddatini uzaytirish, ijro etish usuli va tartibini o‘zgartirish bo‘yicha vakolatlari, bajarilmagan sud hujjatlari yuzasidan sud nazorati hamda masʼul shaxslarga nisbatan taʼsir choralarini qo‘llash tartibi tadqiq etilgan. Tezisda O‘zbekiston qonunchiligi hamda xalqaro tajriba asosida mavjud muammolar va ularni hal qilishga doir ilmiy-amaliy tavsiyalar bayon etilgan.
References
1. Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (yangi tahrir, 2023). — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi;
2. 22.01.2018-yildagi Oʼzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi;
3. 24.01.2018-yildagi Oʼzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi;
4. “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonuni, 29.08.2001-yildagi 258-II-son;
5. Oʼzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksi, Jinoyat kodeksi;
6. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 24.11.2020-yildagi PF-6118-sonli “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmoni;
7. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 30.05.2017-yildagi PQ-3016-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish toʼgʼrisidagi nizom”.