OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT QONUNCHILIGIDAGI VOYAGA YETMAGANLAR JINSIY DAXSLIZLIGIGA QARATILGAN JINOYATLAR UCHUN JAVOBGARLIK
Keywords:
voyaga yetmaganlar, jinsiy daxlsizlik, jinoiy javobgarlik, nomusga tegish, jinsiy zoʻravonlik, onlayn gruming, Istanbul konvensiyasi, jabrlanuvchining yoshi, Jinoyat kodeksi, huquqiy himoya, bolalar huquqlari, latent jinoyatchilik, raqamli tahdidlarAbstract
ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasining jinoyat qonunchiligida voyaga yetmaganlarning jinsiy daxlsizligini taʼminlash masalalari zamonaviy islohotlar prizmasi orqali tahlil qilinadi. Xususan, 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli hamda 2024-yil 14-noyabrdagi “Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunlar bilan kiritilgan oʻzgartirishlarning mazmun-mohiyati va ularning amaliy ahamiyati yoritilgan. Maqolada 2023-2025-yillardagi sud amaliyoti statistikasi tahlil qilinib, voyaga yetmaganlarga nisbatan sodir etiladigan jinsiy jinoyatlarning dinamikasi koʻrsatib oʻtilgan. Tadqiqot davomida muallif tomonidan Jinoyat kodeksining 118, 119, 128 ва 129-moddalaridagi aybdorning jabrlanuvchi yoshini bilishi lozimligi haqidagi talabning bekor qilinishi kabi muhim oʻzgarishlar ilmiy-huquqiy jihatdan asoslab berilgan. Shuningdek, 2026-yil 3-martdagi PF-33-sonli Prezident Farmonida belgilangan ustuvor vazifalar asosida kiberzoʻravonlik, stalking va onlayn gruming kabi yangi turdagi tahdidlar uchun jinoiy javobgarlikni belgilash zaruriyati xalqaro tajriba (Istanbul konvensiyasi, Kanada va Yevropa Ittifoqi qonunchiligi) bilan qiyosiy oʻrganilgan. Maqola yakunida milliy qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan kompleks taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
References
1. Kun.uz axborot portali. Pedofiliya kamayayotgani yo‘q. Bunga sabab nima? URL: https://kun.uz/15107103#!
2. Oʻzbekiston Respublikasining 14.11.2024 yildagi O‘RQ-996-son Qonuni “Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish toʻgʻrisida”, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.11.2024-y., 03/24/996/0921-son.
3. Rustambayev M.X., Niyozova S.S. Oiladagi zoʻravonlik va tazyiqlarning jinoyat-huquqiy, kriminologik va viktimologik jihatlari. Monografiya. — Toshkent: Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, 2024. — 323 bet.
4. Oʻzbekiston Respublikasining 11.04.2023 yildagi “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi O‘RQ-829-son qonuni. Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish boʻyicha qoʻshimcha tashkiliy-huquqiy choralar toʻgʻrisida”gi 03.03.2026-yildagi PF-33-son Farmoni // Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.03.2026-y.
6. Van der Aa, S. (2018). New trends in the criminalization of stalking in the EU member states. European Journal on Criminal Policy and Research, 24, 315–333.
7. Council of Europe Convention on Preventing and Combating Violence against Women and Domestic Violence (Istanbul Convention), 2013, Article 34.
8. Ezioni, Dr. Limor (2020) “The Crime of Grooming”, Child and Family Law Journal: Vol. 8 : Iss. 1 , Article 1.