O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOLIQ MA’MURIYATCHILIGIGA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISHDAGI MUAMMOLAR VA CHEKLOVLAR

Authors

  • Tilaganboyev Javohir Ixtiyor o‘g‘li Author

Keywords:

soliq ma’muriyatchiligi, raqamli iqtisodiyot, E-fiskal, risk-analiz, raqamli savodxonlik, texnik infratuzilma, yashirin iqtisodiyot

Abstract

mazkur tezisda O‘zbekiston Respublikasi soliq ma’muriyatchiligiga raqamli texnologiyalarni joriy etish jarayonidagi mavjud to‘siqlar va tizimli cheklovlar atroflicha tahlil qilingan. Tadqiqotning bosh maqsadi – raqamli transformatsiyaning to‘liq ishlashiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni aniqlashdir. Ishda asosiy e’tibor texnik infratuzilma (server quvvatlari, internet barqarorligi)dagi uzilishlar, soliq to‘lovchilarning raqamli savodxonlik darajasi yetishmasligi hamda malakali kadrlar taqchilligi muammolariga qaratilgan. Shuningdek, sohani tartibga soluvchi normativ-huquqiy bazaning tez o‘zgaruvchanligi, axborot xavfsizligi va kiberxavflar, hamda idoralararo ma’lumotlar integratsiyasidagi nomutanosibliklar tanqidiy o‘rganilgan. Tahlillar asosida “Soliqchi – ko‘makchi”  tamoyilini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish uchun texnik modernizatsiya, huquqiy takomillashtirish va inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

References

1. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. (O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-599-son Qonuni bilan tasdiqlangan yangi tahriri).

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079-son Farmoni.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6098-son Farmoni.

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-sentabrdagi “Soliq majburiyatlarini bajarishda tadbirkorlik subyektlariga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5252-son Qarori.

5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-avgustdagi “Soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 489-son Qarori.

6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi “Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 1-son Qarori.

Xalqaro hisobotlar va adabiyotlar:

1. OECD (2020). Tax Administration 3.0: The Digital Transformation of Tax Administration. Paris: OECD Publishing.

2. Mirziyoyev Sh.M. “Yangi O‘zbekiston strategiyasi”. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2021.

3. Vahobov A., Jo‘rayev A. “Soliqlar va soliqqa tortish”. Darslik. – T.: “Iqtisod-moliya”, 2019.

4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasining rasmiy sayti – www.soliq.uz va ochiq ma’lumotlar portali.

Downloads

Published

2026-02-10