SANOAT MULKI OBEKTIGA PATENT OLISH. UNI ROSSIYA FEDERATSIYASI VA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA HAQIQIY EMAS DEB TOPISH ASOSLARI

Authors

  • Shahzodjon Abdurayim o’g’li Muhiddinov Author

Keywords:

sanoat mulki obekti, ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, patent, vakolatli organ, department, intellektual mulk, muhofaza, himoya, tovar

Abstract

Ushbu maqolada sanoat mulki va uning obektlari, ularga patent olish borasida so‘z yuritiladi. Xususan, sanoat mulkining intellektual mulk  huquqida tutgan o‘rni va ahamiyati borasida alohida to‘xtalib o‘tiladi. Maqolaning dolzarbligi shundaki, sanoat mulki obektlaridan  noqonuniy foydalanishning oldini olish uchun bir qator tavsiyalar berilgan. Bundan tashqari, ushbu maqolada sanoat mulki obektiga, xususan, ixtirolar, sanoat namunalari va foydali modellarga patent olishning muhimligi va ahamiyati batafsil o‘rganiladi. Muallif tomonidan sanoat mulki obektining patentga layoqatlilik shartlari haqida ham batafsil yoritiladi. Ushbu maqolada yuqoridagilardan tashqari, qiyoslash sifatida Rossiya Federatsiyasida intellektual mulk, xususan, sanoat mulki obektiga berilgan patentning haqiqiy emas deb topilishi – uning qonunchiligi asosida o‘rganiladi. Ixtiro, sanoat namunasi va foydali modelning o‘zaro farqli jihatlari tahlil qilinadi.

References

1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;

2. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi;

3. O‘zbekiston Respublikasining “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g’risida”gi Qonuni;

4. 1883.20.03. Sanoat mulki muhofazasi bo‘yicha Parij Konvensiyasi;

5. “Patent huquqi to‘g’risida”gi shartnoma;

6. “Patent kooperatsiyasi to‘g’risida”gi shartnoma;

7. Rossiya Federatsiyasining Fuqarolik kodeksi;

8. Milliy qonunlar bazasi: lex.uz.

Downloads

Published

2025-10-31