INVESTITSION MUHITNI HIMOYA QILISHDA MAVJUD KORRUPSION MUAMMOLAR VA HUQUQIY TAKOMILLASHTIRISH ZARURATI
Abstract
O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy siyosatida xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb qilish, tadbirkorlik muhitini liberallashtirish va sarmoyadorlar uchun qulay sharoit yaratish ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilanmoqda.
Bu jarayon, avvalo, mamlakatda barqaror va himoyalangan investitsion muhitni shakllantirishni talab qiladi. Investitsion muhitning sifat darajasi esa bevosita davlat boshqaruvi samaradorligi, sud tizimi mustaqilligi, qonun ustuvorligi va korrupsiyaning darajasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Korrupsiya investitsiyaviy faollikni susaytiruvchi eng xavfli omillardan biri hisoblanadi. U nafaqat iqtisodiy o‘sishni sekinlashtiradi, balki investorlarda mamlakatga nisbatan ishonchsizlik uyg‘otadi, iqtisodiy xavfsizlikka tahdid soladi va tizimli islohotlarning samarasini kamaytiradi. Aynan shu boisdan ham investitsion muhitni himoya qilishda korrupsiyaviy muammolarni aniqlash, ularga qarshi kurashish va mavjud huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
References
1. Abduqodirov, Z. Korrupsiyaning investitsiya muhitiga ta’siri va unga qarshi kurashishda xalqaro tajribalar / Z. Abduqodirov. – T.: O‘zbekiston Milliy Universiteti, 2020. – 180 b.;
2. Мороз, С.П. Инвестиционное право: курс лекций. – Алматы: Юридическая литература, 2008. – 168 с.;
3. The Impact of Corruption on the Business Environment / ed. by A. M. Davis. – London: Palgrave Macmillan, 2019. – 320 p.;
4. UNCITRAL. Model Law on Public Procurement. – 2011.;
5. О‘zbekistоn Respublikаsining 03.01.2017 yildagi O‘RQ-419-sonli “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni. URL: https://lex.uz/docs/-3088008;
6. О‘zbekistоn Respublikаsining 25.12.2019 yildagi O‘RQ-598-sonli “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni. URL: https://lex.uz/uz/docs/-4664142#-4664456;
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi PF-6257-son “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni. URL: https://lex.uz/uz/docs/-5495529;
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PQ-147-son “Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari mustaqilligini ta’minlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. URL: https://lex.uz/uz/docs/-7486279.